Davlatobod tumani hokimi Imzo Namangan ishlab chiqarish maydonchasiga tashrif buyurdi

Tashrif davomida hokim ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi, texnologik jarayonlar va ichki sifat nazorati tizimi haqida ma’lumot oldi. Ishlab chiqarish barqarorligi, qo‘llanilayotgan texnologiyalar va mahsulot sifati masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Imzo Namangan rahbariyati korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda sifat, servis va kafolat bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

Mazkur tashrif hududda zamonaviy ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan e’tiborning ifodasi bo‘ldi.

Изображение контента
Изображение контента
Изображение контента
Изображение контента
Изображение контента

Опубликовано: **18 декабр 2025**