IMZO DRIVE aksiyasi

IMZO DRIVE aksiyasi 2025-yilning iyun oyida start olgan bo‘lib, 31-oktabrga qadar davom etdi. Ushbu loyiha IMZO Namangan fabrikasi tomonidan showroom menejerlari o‘rtasida tashkil etildi.
 Aksiya davomida ishtirokchilar oylik ballar asosida baholanib, eng faol va samarali natijalarga erishganlar g‘olib deb topildi.

2025-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Toshkent shahridagi Engelberg kompaniyasi vakillari va IMZO jamoasi tomonidan g‘oliblar hamda sovrindorlar taqdirlandi.
Marosim iliq muhitda o‘tib, ishtirokchilar o‘z muvaffaqiyatlarini birgalikda nishonladilar.

Опубликовано: **17 октябр 2025**