IMZO Namangan — energiya tejovchi oynalar ta’minotini kengaytirmoqda

IMZO Namangan fabrikasi o‘z ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali va ekologik toza qilish maqsadida energiya tejovchi oynalar ta’minoti yo‘nalishini faol rivojlantirmoqda.

Bugungi kunda korxona Yevropa mamlakatlari, shuningdek Qozog‘iston va Qirg‘izistondan yuqori sifatli energiya tejovchi oynalarni muntazam import qilib kelmoqda.
Oyiga 10 000 m² dan ortiq hajmdagi oynalar ishlab chiqarishga yetkazib beriladi.

Energiya tejovchi oynalar — bu maxsus qoplamaga ega bo‘lib, ular issiqlikni ichkarida saqlab, sovuqni tashqarida qoldiradi, shu bilan birga yorug‘lik o‘tishini ta’minlaydi. Natijada bino ichidagi harorat barqaror bo‘lib, energiya sarfi kamayadi.

Ushbu texnologiyalar zamonaviy uy-joy va tijorat obyektlarida qulaylik, tejamkorlik va energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.
IMZO Namangan fabrikasi esa xalqaro standartlarga mos mahsulot ishlab chiqarish orqali o‘zining ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlab bormoqda.

Изображение контента
Изображение контента
Изображение контента

Опубликовано: **13 ноябр 2025**