IMZO Namangan shourumlar bilan hamkorlikni yanada samarali va shaffof qilish uchun doimiy ravishda innovatsiyalarni joriy etib kelmoqda.
Servis markazi uchun maxsus dastur ishlab chiqildi va taqdim etildi. Bu yangilik servis xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqadi. Endilikda har bir servis buyurtmasining holatini kuzatib borish yanada oson va tezkor bo‘ldi.
Hamkorlar uchun afzalliklari:
- Tezkorlik: Jarayonlarning avtomatlashtirilgani so‘rovlarga tezroq javob berish va vazifalarni zudlik bilan hal qilish imkonini beradi.
- Sifat va shaffoflik: Integratsiyalashgan kuzatuv tizimi servisning har bir bosqichida yuqori yevropacha standartlarga rioya etilishini ta’minlaydi.
- Nazorat: Servis holatini real vaqt rejimida to‘liq nazorat qilish imkoniyati yaratildi.
IMZO Namangan shunchaki premium deraza va eshiklar ishlab chiqarmaydi, balki mijozlarning qulayligi va xotirjamligi uchun ishonchli infratuzilmani yaratadi.
Опубликовано: **29 июн 2026**